24 turdagi 17 magʻlubiyat Metsni quyi ligaga yaqinlashtirdi

Fransiya chempionatining 24-turi «Mets» uchun yana omadsiz yakunlandi: jamoa «Brest»ga gol o‘tkazib yubordi va minimal hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qildi. Natijada «Mets»ning Liga 1dagi 24 o‘yindan keyingi mag‘lubiyatlari soni 17 taga yetdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu ko‘rsatkich turnir jadvalining asosiy autsayderi uchun juda xavotirli signal. Statistikaga ko‘ra, avvalgi 12 holatda 24 turdan so‘ng 17 marta yutqazgan klublar mavsum oxirida muntazam ravishda oxirgi o‘rinni egallab, elita divizionni tark etgan. «Mets»ning atigi 13 ochkoga ega ekani vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing