date

Serxi Roberto Barselonani tark etish juda ogir bo'lganini aytdi

Serxi Roberto Barselonani tark etish juda ogir bo'lganini aytdi

“Barselona”ning sobiq futbolchisi Serxi Roberto klub bilan xayrlashgan paytdagi his-tuygularini eslab o'tdi. 2024 yil yozida 34 yoshli ispaniyalik Italiyaga yo'l olib, “Komo” safiga qo'shilgan va hozirgacha shu jamoa sharafini himoya qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ko'p pozitsiyada o'ynay oladigan yarim himoyachi Kataloniya grandi tizimida 18 yildan ortiq vaqt davomida to'p surdi. Roberto “Barselona” uning uchun butun umri davomida uy bo'lib kelganini, shuning uchun jamoani tark etish nihoyatda ogir kechganini ta'kidladi.

Shu bilan birga, u yangi tajriba orttirish, boshqa madaniyat va boshqa mamlakat hayotini yaqindan ko'rish istagi kuchli bo'lganini aytgan. Serxi Roberto “Barselona”ning asosiy jamoasi safida jami 373 ta uchrashuv o'tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Serxi Roberto Barselonani tark etish juda ogir bo'lganini aytdi