Yaponiya tomoni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini O‘zbekiston fuqarolik pasportiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan Yaponiyaga qisqa muddatli viza (90 kundan oshmagan muddatga) olish uchun ariza berish tartibining soddalashtirilgani haqida rasman xabardor qildi.
TIV Axborot xizmatiga tyanib Qalampir.uz'ning xabar berishicha, soddalashtirilgan tartib quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Ishbilarmonlik maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lgan, madaniyat va intellektual mehnat arborlari uchun safar qilish sohalarini kengaytirish. Fuqaro ayni shu viza bilan Yaponiyaga qayta tashrif buyurganda undan turistik maqsadlarda hamda qarindosh va tanishlarini ziyorat qilish maqsadlarida foydalanishi mumkin.
2. Davlat tashkilotlari, Yaponiya fond bozorlarida ro‘yxatga olingan tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan kompaniyalar xodimlariga hamda Yaponiyaga avval ham tashrif buyurgan arizachilarning ko‘p martalik qisqa muddatli vizalari amal qilish muddati uch yildan besh yilga uzaytiriladi.
3. Bir martalik qisqa muddatli viza olish uchun ariza bilan murojaat qilinganda kafolatlash tizimi bekor qilinadi.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati va ariza bilan murojaat qilish tartibi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotni Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi veb-saytidan olishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?