15:08 / 06.11.2017
5 731

Ro‘ziqul Berdiyev BAAga boradigan O‘zbekiston MTJsi tarkibini ma’lum qildi

Ro‘ziqul Berdiyev BAAga boradigan O‘zbekiston MTJsi tarkibini ma’lum qildi
Xabaringiz bor, shu yilning 1 oktyabr kuni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov BAAga uyushtirgan rasmiy tashrifi davomida BAA Futbol Uyushmasi vitse-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolagan edi. Ana shu memorandum doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda BAA milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi borasida kelishuvga erishilgandi.

14 noyabr kuni BAAda bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yiniga milliy terma jamoani Ro‘ziqul Berdiyev olib borishi avval ma’lum qilingandi.

Mazkur o‘rtoqlik o‘yiniga tayyorgarlikni milliy terma jamoa a’zolari 10 noyabr kuni Toshkentda boshlaydi. Ikki kun davomida poytaxtimizda mashg‘ulot o‘tkazgan milliy terma jamoa futbolchilari 12 noyabr BAAga jo‘nab ketishadi.

Ro‘ziqul Berdiyev BAA milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga ayni paytda o‘z pozitsiyalarida yurtimizda eng kuchli bo‘lib turgan 23 nafar futbolchini jalb qildi.

Qayd etish joizki, BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida bosh murabbiy legionerlar xizmatidan foydalanmay, asosan yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazishga qaror qilgan.

BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga taklif qilingan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Sanjar Quvvatov (“Nasaf”), Javohir Ilyosov (“Mash’al”);

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Sherzod A’zamov (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”), Farrux Sayfiyev (“Nasaf”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Akromjon Komilov (“Bunyodkor”), Shuhrat Muhammadiyev (“Lokomotiv”);

Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”), Jasur Yaxshiboyev (“Paxtakor”), Azizjon G‘aniyev (“Nasaf”), Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”), Dostonbek Hamdamov (“Bunyodkor”), Azizbek Turg‘unboyev (“Navbahor”), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”), Bahrom Abdurahimov (“Nasaf”);

Hujumchilar: Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Ivan Nagayev (“Buxoro”).

Eslatib o‘tamiz, BAA milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 14 noyabr kuni Al-Ayn shahridagi “Xalifa Bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev BAAga boradigan O‘zbekiston MTJsi tarkibini ma’lum qildi