17:30 / 15.12.2017
5 037

Meyvezer va Makgregor jangi tarixiy natijani qayd etdi

Мейвезер ва Макгрегор жанги тарихий натижани қайд этди
Amerikalik kichik Floyd Meyvezer va irlandiyalik aralash yakkakurashlar ustasi Konor Makgregor o‘rtasidagi boks jangi jahonda sotilgan translyatsiyalar miqdori bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Kun nashri Boxingnewsonline’ga tayangan holda xabar bermoqda.

Meyvezer va Makgregor o‘rtasidagi boks qoidalari bo‘yicha bellashuv 2017 yilning 27 avgust kuni bo‘lib o‘tdi hamda amerikalikning g‘alabasi bilan yakunlandi. Makgregor o‘ninchi raundda texnik nokautga uchradi.

Ta’kidlanishicha, pay-per-view tizimida translyatsiyani 4,3 million marta xarid qilishgan.

Sotilgan translyatsiyalar soni bo‘yicha rekord esa Meyvezer hamda Menni Pakyao o‘rtasida 2015 yilning 2 may kuni bo‘lib o‘tgan jangga tegishli. O‘shanda bu bahsning translyatsiyasi 4,6 million marta sotib olingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Meyvezer va Makgregor jangi tarixiy natijani qayd etdi