22:47 / 22.12.2017
4 530

O‘zbekiston U-23 nazorat uchrashuvida «Nasaf» jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-23 nazorat uchrashuvida «Nasaf» jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi
19 dekabrdan o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Qarshida "Nasaf" klubiga qarshi dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuvda Ravshan Haydarov shogirdlari yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Andrey Sidorov (6-daqiqa), Bobir Abdixoliqov (58-daqiqa) va Doston Hamdamov (90+3) mualliflik qilishdi.

Mazkur nazorat o‘yinlari orqali Yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo chempionatidan oldin yangi taktik uslullarni sinovdan o‘tkazib, tarkibdagi barcha futbolchilarning jismoniy holatini yana bir bor ko‘zdan kechirib olmoqda. Ertaga "Nasaf" jamoasiga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 termasi 2018 yilning yanvar oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Qur’a natijasiga ko‘ra, vakillarimiz “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, guruh bosqichida Xitoy, Qatar va Ummon terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-23 nazorat uchrashuvida «Nasaf» jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi