00:30 / 31.05.2018
4 192

Salohning holati bo‘yicha oxirgi ma’lumot berildi

Salohning holati bo‘yicha oxirgi ma’lumot berildi
“Liverpul”ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh 4 haftagacha vaqtni jarohatini da’volash bilan o‘tkazib yuborishi mumkin.

L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, YECHL finalida “Real”ga qarshi kechgan o‘yinning birinchi bo‘limida chap yelkasidan jarohatlanib maydonni tark etishga majbur bo‘lgan futbolchi Ispaniyada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Uning chap yelkasidagi bo‘g‘imlar uzilishi qayd etilgan va u bu jarohatini da’volash uchun 3 haftadan 4 haftagacha vaqt sarflashi mumkin.

Bu holda Saloh Misr terma jamoasining JCH-2018 guruh bosqichida 15 iyun kuni Urugvayga qarshi va 19 iyun kuni Rossiyaga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

Futbolchi 27 may kuni tiklanish jarayonini boshlagan, 29 may kuni u Ispaniyaga uchib kelib, da’volanish kursini davom ettirgan. U bu jarayonni yakunlab, Misr terma jamoasi ixtiyoriga yetib boradi.

28 may kuni futbolchi ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqish qilib, jahon chempionatida terma jamoasiga yordam bera olishiga ishonch bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Salohning holati bo‘yicha oxirgi ma’lumot berildi