22:57 / 05.07.2018
4 222

O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum bo‘ldi (foto)

O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum bo‘ldi (foto)
Xabaringiz bor, shu yilning 18 avgustidan 2 sentyabrga qadar Indoneziyada Yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha musobaqalarida O‘zbekiston OTJ ham qatnashadi. Musobaqaga tayyorgarlik doirasida Ravshan Haydarov shogirdlari 17-29 iyun kunlari Turkiyaning Kartepe shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishgani haqida ma’lumot berib o‘tgandik.

Bugun Yozgi Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha musobaqalariga qur’a tashlandi. Qur’a natijalariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhida Tayland, Bangladesh va Qatar terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin oldi.


Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum bo‘ldi (foto)