12:24 / 24.07.2018
3 861

Utkin: "Ermatov? Kechirim so‘radim, u menga sovg‘a berib yuboripti"

Уткин: "Эрматов? Кечирим сўрадим, у менга совға бериб юборипти"
Rossiyalik mashhur sharhlovchi Vasiliy Utkin sports.ru nashriga intervyu berdi va unda FIFA referisi Ravshan Ermatovdan kechirim so‘raganini aytdi.

- So‘nggi marta qachon alkogolli ichimlik ichdingiz?

- Mart oxirida. 11 oydan beri spirtli ichimlik ichmayotgan edim. Faqat tug‘ilgan kun va Yangi yil atrofida bu ishni qilaman. Menga shunday yashash qulay. Alkogol kerak emas. Undan voz kechganman - bu yoshga bog‘liq narsa. U faqat zarar keltirishini tushundim. Jonga tegdi.

- Unday bo‘lsa Ravshan Ermatov haqidagi tvitingiz qanday holatda yozilgan?

- Aytdim-ku, mart oxirida ichganman. Ravshan Ermatov boshqargan o‘yinni Federatsiya kengashining hozirgi va sobiq vakillari bilan restoranda tomosha qildim.

- Mast bo‘lmagan paytingizda ham tilingizga ehtiyot bo‘lishingiz kerak edi.

- Kechirim so‘radim. Aytgancha, o‘tgan hafta Denis Kazanskiy (sharhlovchi) bilan yozishdim. U O‘zbekistonda yarim final va final bahslarini sharhladi. Aytishicha, Ravshan menga sovg‘a yuboripti.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya - Argentina uchrashuvi paytida Utkin "Tvitter"dagi sahifasi orqali jahon chempionati rekordchisi, FIFA referisi Ravshan Ermatovni haqorat qilgan edi. Sharhlovchi keyinroq bu ishi uchun kechirim so‘radi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Utkin: "Ermatov? Kechirim so‘radim, u menga sovg‘a berib yuboripti"