PEPSI Superliga 19-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar g‘alabani tantana qilishdi.
54-daqiqada qo‘qonliklar hisobni ochishdi: raqib jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilgan Quvondiq Ro‘ziyev raqib himoyachisini chalg‘itib, darvozaga aniq zarba yo‘lladi.
76-daqiqada Sanjar Rashidov jarima zarbasini aniq ijro etib muvozanatni tikladi. 82-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda mehmonlar Ro‘ziyevni o‘z jarima maydonlari ichida qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Natijada belgilangan penaltini Murod Xolmuhamedov aniq bajardi va jamoasiga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.
Shu tariqa, ushbu g‘alabadan so‘ng qo‘qonliklar 24 ochko to‘plagan holda 7-o‘ringga qo‘tarilib olishdi. "So‘g‘diyona" esa 16 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.
PEPSI Superliga, 19-tur
“Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 54 Ro‘ziyev, 1:1 – 76 Rashidov, 2:1 – 83, penalti Xolmuhammedov.
“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Bahodir Akramov (55. Darko Gojkovich, 71), 5. G‘iyos Komilov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev (78. Behruz Sadilloyev, 56), 11. Firdavs Asadov, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov (10. Javohir Sidiqov, 66).
“So‘g‘diyona”: 88. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 4. Elyor Orifov, 10. Shoxruz Norxonov, 33. Tohir Shamshiddinov, 70. Sanjar Rashidov, 80. Sernas Darvidas (77. Izatilla Abdullayev, 68), 89. Kim Dong-Xi (9. Sardor Azimov, 59), 90. Milash Simonovich, 91. Nikola Milinkovich, 93. Ixtiyor Toshpo‘latov.
Ogohlantirishlar: Qulmatov 25, Norxonov 32, Xolmuhammedov 32, Rustamov 44, Darvidas 58, Orifov 82, Sa’dullayev 89.
Manba: www.uff.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?