20:07 / 14.08.2018
3 990

19 avgust kuni 3 nafar professional bokschimiz ringga ko‘tariladi

19 avgust kuni 3 nafar professional bokschimiz ringga ko‘tariladi
Joriy yilning 19 avgust kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahri yana bir yirik professional boks kechasiga mezbonlik qiladi. Mazkur boks oqshomida 9 ta professional jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ularning uchtasida 3 nafar hamyurtimiz – Ravshanbek Umurzoqov (4-0-0), Sardor Muzaffarov (2-1-0) va Jaloliddin O‘ktamov (2-1-0) yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Ravshanbekka bu to‘qnashuvda filippinlik tajribali Eden Sonsona (36-8-2) raqiblik qilsa, Sardor rossiyalik yengilmas bokschi Murad Rabadanov (3-0-0) bilan o‘zaro hisob-kitob qilib oladi.

Vakillarimiz ishtirokidagi uchinchi jangda esa Jaloliddin O‘ktamov kamerunlik Daniel Negatga (1-18-0) qarshi ringga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 19 avgust kuni 3 nafar professional bokschimiz ringga ko‘tariladi