10:57 / 02.09.2018
4 098

Oʻzbekiston delegatsiyasi Jakartadan maxsus reys bilan vatanga qaytmoqda (foto)

Oʻzbekiston delegatsiyasi Jakartadan maxsus reys bilan vatanga qaytmoqda (foto)
Foto: Kun.uz
Bugun, 2 sentyabr kuni Indoneziyada oʻtgan 18-Osiyo oʻyinlari oʻz nihoyasiga yetdi. Unda qatnashgan Oʻzbekiston olimpiachilari sportning turli yoʻnalishlarida bahs olib borishdi va munosib natijalarni qayd etishdi.

Shu munosabat bilan sportchilarga qulaylik yaratish maqsadida Oʻzbekiston hukumati tomonidan Boeing 787-8 Dreamliner samolyotida maxsus charter reysi yoʻlga qoʻyildi. U 200 nafarga yaqin asosiy delegatsiyani Jakartadan toʻgʻri Toshkentga kelishini taʼminlaydi. Bundan tashqari, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tomonidan sportchilarning gʻalabasiga bagʻishlab tort tayyorlandi. Oʻzbekistonlik sportchilar Toshkent vaqti bilan 15:00-16:00 atrofida vatanga yetib kelishlari kutilmoqda.

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Maʼlumot oʻrnida: 18-Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekistondan 331 nafar sportchi qatnashdi. Musobaqa yakunida Oʻzbekiston delegatsiyasi 21 oltin, 24 kumush va 25 bronza, jami 70 medal qoʻlga kiritdi. Sportchilarimiz eng koʻp medalni Osiyo oʻyinlariga ilk bor kiritilgan oʻzbek milliy kurashi vakillari keltirishdi - 6ta oltin, 2ta kumush va 4ta bronza. Shuningdek, boksda 5ta oltin va 2ta kumush medal qoʻlga kiritildi. Qayd etish kerakki, turnirga borgan barcha bokschilar finalga chiqib, medallarga ega boʻlishdi.

Musobaqa davomida oʻzbekistonliklar Osiyo oʻyinlari rekordlarini yangilashdi. Svetlana Radzivil balandlikka sakrash boʻyicha uch karra Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylanish bilan bir qatorda, 2010 yilda oʻzi oʻrnatgan rekordni yangilay oldi. Shuningdek, Ruslan Nuriddinov ogʻir atletika boʻyicha Osiyo oʻyinlarining yangi rekordchisiga aylandi. Vadim Menkov baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha toʻrt karra Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylangan ilk sportchi boʻldi.

Yakuniy reytingda xitoylik sportchilar jami 289 medal olgan holda boshqa raqiblardan yaqqol ustunlik qilishdi - 132ta oltin, 92ta kumush va 65 bronza. Uchlikni Yaponiya (74-56-74) va Janubiy Koreya (49-57-7) toʻldirdi. Mezbon Indoneziya esa 31 oltin olib, toʻrtinchi oʻrinni band etdi, mezbonlarning 15 oltini milliy sport turi penchak silatdan olindi. Oʻzbekiston 5-oʻringa ega boʻldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston delegatsiyasi Jakartadan maxsus reys bilan vatanga qaytmoqda (foto)