22:36 / 06.09.2018
3 361

Ektor Kuper: “Xuddi muxlislar singari men ham ilk oʻyinda gʻalaba qozonishni istagandim”

Эктор Купер: "Худди мухлислар сингари мен ҳам илк ўйинда ғалаба қозонишни истагандим"
Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper biroz avval yakuniga yetgan Oʻzbekiston - Suriya uchrashuvidan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

- Muxlislar birinchi oʻyindan gʻalaba kutadi. Shuningdek men ham gʻalaba qozonmoqchi edim. Lekin omadimiz kelmadi. Oʻtgan 8-10 kun davomida futbolchilarga imkon qadar oʻz tushunchamni yetkazishga harakat qildim.

Bizda tarkibni yaxshilash uchun yetarli vaqt boʻlmadi. Futbolchilarning hozirgi harakatlaridan qoniqish hosil qildim. Jamoaning haqiqiy kuchini vaqt oʻtishi bilan koʻrasiz.

Yana bir bor aytaman bu birinchi oʻyin. Kecha aytganimdek mendan moʻʼjiza kutmanglar. Oldimizda Osiyo kubogi va JCH saralashi turibdi. Bungacha esa biz jamoaning hujum chizigʻi va himoyasi ustida katta ishlarni amalga oshiramiz.

Bu oʻyindan koʻzlagan maqsadimiz futbolchilarning imkoniyatlarini chamalab olish edi. Jamoani qabul qilib olganimga endigina 12 kun boʻldi. Lekin shunga qaramay futbolchilar meni asta-sekin tushuna boshlashdi. Toʻgʻri, muxlislar yirik hisobda gʻalaba qozonishni istashadi. Lekin, oʻrtoqlik oʻyinlaridan asosiy maqsad futbolchilarni saralab olish va yoʻl qoʻyayotgan xatolarimizni bilib olishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper: “Xuddi muxlislar singari men ham ilk oʻyinda gʻalaba qozonishni istagandim”