15:25 / 11.09.2018
3 169

Kuper uchun “master-klass” yoxud Qirgʻiziston termasi Suriyani magʻlub etdi

Kuper uchun “master-klass” yoxud Qirgʻiziston termasi Suriyani magʻlub etdi
Foto: sport.kg
Qirgʻiziston terma jamoasi oʻz maydonida Suriya termasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bishkekda boʻlib oʻtgan oʻyinda kutilmaganda qoʻshnilarimiz suriyaliklarni magʻlub etishdi.

Oʻyinni birinchi boʻlimida hisob ochilmadi. Ikkinchi boʻlimning soʻnggi daqiqalari voqealarga boy boʻldi. 77-daqiqada Jirgalbek uulu Kayrat mezbonlarni oldina olib chiqdi. Oradan bir daqiqa oʻtib asablarini jilovlay olmagan Mahmud Al Mavas qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

81-daqiqada Omar al Soma penaltidan hisobni tenglashtirdi. 88-daqiqada Bekjan Saginbayev qirgʻizlarning ikkinchi golini urdi. Buning ustiga Suriyaning yana bir oʻyinchisi qizil olib maydonni tark etdi va toʻqqizta qolgan mehmonlar qolgan daqiqalarda hech narsa qila olishmadi.

Oʻrtoqlik oʻyini

Qirgʻiziston – Suriya - 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar:
1:0 – 77 Kayrat, 1:1 – 81, penalti Al Soma, 2:1 – 88 Saginbayev.

Qirgʻiziston: Pavel Matyash, Mustafa Yusupov, Kursanbek Sheratov, Sherzot Shakirov, Edgar Bernxardt (Sidorenko, 90), Daniel Tego, Jirgalbek uulu Kayrat (Akmatov, 90+6), Ernist Batirkanov (Abduraxmanov, 70), Baxtiyar Duyshobekov, Farxat Musabekov i Axlidin Israilov (Saginbayev, 68).

Chetlatish: Mahmud Al Mavas 78, Alanizan 88.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuper uchun “master-klass” yoxud Qirgʻiziston termasi Suriyani magʻlub etdi