UYEFA “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduga nisbatan Chempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi turi doirasida “Valensiya”ga qarshi oʻyindagi holat boʻyicha ish ochdi. Bu haqda Kun.uz xabar tarqatmoqda.
Portugaliyalik forvardga nisbatan ish 27 sentyabr kuni Nazorat, etika va axloq boʻyicha boshqarma tomonidan koʻrib chiqiladi. Futbolchi oʻyinda olingan qizil kartochkasi tufayli Chempionlar ligasining keyingi turida 2 oktyabr kuni “Yang Boyz”ga qarshi oʻyinni avtomatik ravishda oʻtkazib yuboradi, ammo uning diskvalifikatsiyasi muddati uzaytirilishi mumkin.
19 sentyabr kungi oʻyinda Ronaldu “Valensiya” himoyachisi Jeyson Murilo bilan yuzaga kelgan vaziyatda qizil kartochka olib, maydonni tark etgandi. Oʻyin hakami Feliks Brix Ronaldu Muriloning yuziga qasddan urgan, deb topdi va u maydonni koʻzda yosh bilan tark etdi.
Bu 33 yoshli futbolchi uchun Chempionlar ligasidagi ilk qizil kartochka boʻldi.
Kamchilik boʻlib qolganiga qaramasdan “Yuventus” “Valensiya” ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Ikki golni ham xavbek Miralem Pyanich penaltidan urdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi