20:35 / 23.09.2018
4 061

AGMK oʻz maydonida “Soʻgʻdiyona”ga imkon qoldirmadi

AGMK oʻz maydonida “Soʻgʻdiyona”ga imkon qoldirmadi
Superliganing 24-turida AGMK klubi oʻz maydonida “Soʻgʻdiyona” futbolchilarini qabul qildi va ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdi. Uchrashuv 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakun topdi.

Birinchi boʻlimning oxirgi daqiqasida “Soʻgʻdiyona” futbolchisi oʻz jarima maydoni ichida qoʻli bilan oʻynagani uchun hakam 11 metrlik jarima toʻpi belgiladi. Tepish uchun kelgan Yovan Jokich vaziyatdan unumli foydalanib hisobni ochdi. Ikkinchi boʻlimda ham maydon egalari ustunlik qilishdi va 54-daqiqida Zafar Polvonov hisobni 2:0 koʻrinishiga olib keldi. Shu bilan darvozalarga gol kiritilmadi.

Superliga 24-tur

AGMK – “Soʻgʻdiyona” 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
Yovan Jokich 45+1 penalti, - 1:0. Zafar Polvonov 54, - 2:0 (Jasur Hasanov).

AGMK - Roman Abdulov, Abduqahhor Xojiakabarov, Azamat Isroilov, Zafar Polvonov (Milosh Trifunovich, 64), Jasur Hasanov, Lutfulla Toʻrayev, Zohir Pirimov (Gʻulom Haydar Gʻulomov, 90), Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Oybek Qilichev (Muzaffarjon Muzaffarov, 71)

“Soʻgʻdiyona” - Shirinboy Abdullayev, Sardor Azimov, Shohruz Norxonov (Shoxjahon Hasanov, 70), Shahboz Joʻrabekov, Tohir Shamsiddinov, Sanjar Rashidov (Nurillo Toʻxtasinov, 59), Izzat Abdullayev (Sernas Darvidas, 46), Kim Dong Xi, Milosh Simonovich, Nikola Milinkovich, Nuriddin Hasanov

Ogohlantirishlar: Kim Dong Xi 30, Tohir Shamsiddinov 38, Sardor Azimov 51, Vladimir Bubanya 85.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMK oʻz maydonida “Soʻgʻdiyona”ga imkon qoldirmadi