07:57 / 11.10.2018
3 546

“Real”da 14 yil oʻynagan sobiq futbolchi Lopetegining oʻrnini egallashi mumkin

"Реал"да 14 йил ўйнаган собиқ футболчи Лопетегининг ўрнини эгаллаши мумкин
Madridning “Real” klubi isteʼfoga chiqarilishi yaqin turgan jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegining oʻrniga yana bir nomzod topib qoʻydi.

AS nashri tarqatgan xabarga koʻra madridliklar ushbu lavozimga futbolchilik faoliyatining 14 yilini “Real”ga bagʻishlagan va ayni damda ishsiz yurgan 55 yoshli Michelni taklif qilishmoqchi.

Eslatib oʻtamiz, bundan avvalroq “Real” rahbariyati jamoa bosh murabbiyligiga shuningdek Antonio Konte hamda Santyago Solarining nomzodini ham koʻrib chiqmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real”da 14 yil oʻynagan sobiq futbolchi Lopetegining oʻrnini egallashi mumkin