22:24 / 13.11.2018
3 300

“Andijon” muddatidan avval Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

“Andijon” muddatidan avval Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
Pro liganing 35-turidan oʻrin olgan “A” guruhidagi oʻyinlar oʻz nihoyasiga yetdi.

“Andijon” klubi oʻz maydonida “Istiqlol”ni qabul qildi va 2:1 hisobidagi irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Shu tariqa, andijonliklar muddatidan avval Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi va soʻnggi turda qanday natija kuzatilishidan qatʼiy nazar jamoa birinchi oʻrinda qoladi. Klub keyingi mavsum oliy divizionda “Neftchi”ning oʻrnini egallaydi.

Shuningdek, “Mashʼal” va “Istiqlol” jamoalari mos ravishda ikkinchi va uchinchi oʻrinni egallashdi. Ular pley-offga yoʻllanma olishdi.

Pro-liga, 35-tur

Andijon – Istiqlol 2:1
Gollar:
Javohir Rasulov (0-1), Nodir Mavlonov (1-1), Shahboz Jumaboyev (2-1)

Norin – Mashʼal 1:3
Gollar:
Xumoyun Murtazoyev (0-1), Baxtiyor Qosimov (1-1), Jamoliddin Ubaydullayev (1-2), Xumoyun Murtazoyev (1-3).

Orol – Xorazm 1:3
Gollar:
Temur Bekchanov (0-1), Polat Kaipnazarov (1-1), Timur Ismoilov (1-2), Sarvar Jumaniyozov (1-3).

Shoʻrtan – Surxon 3:2
Gollar:
Maʼruf Murodov (1-0), Olim Karimov (2-0), Abdul Aziz Yusupov (2-1), Bahriddin Vahobov (2-2), Moʻmin Meyliyev (3-2).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Andijon” muddatidan avval Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi