11:05 / 10.12.2018
2 898

"River Pleyt" Libertadores kubogi sohibi bo‘ldi

"River Pleyt" Libertadores kubogi sohibi bo‘ldi
Argentinaning "River Pleyt" klubi Libertadores kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Jamoa Madrid shahridagi "Santyago Bernabeu" stadionida "Boka Xuniors"ga qarshi o‘tkazilgan bahsda 3-1 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 44-daqiqasida "Boka Xuniors" futbolchisi Benedetto hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada Pratto hisobni tenglashtirdi. 102-daqiqaga kelib esa Kintero himoyadagi bo‘shliqdan unumli foydalanib, hisobni 2-1 ko‘rinishiga keltirdi. Uchrashuvning so‘nggi soniyalariga kelib burchak zarbasidan keyingi qarshi hujumdan unumli foydalangan Martines hisobni yakuniy ko‘rinishga olib keldi: 3-1.

"River Pleyt" o‘z tarixida to‘rtinchi marotaba ushbu turnirdagi g‘alabasini nishonlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "River Pleyt" Libertadores kubogi sohibi bo‘ldi