Boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko yana ringga qaytishga ahd qildi. Shu haqda promouter Eddi Xirn «Talksport» radiostansiyasi muxbiriga bergan intervyusida rasman ma’lum qildi. Xirnning aytishicha, Vladimir bu gal uning mijozi, angliyalik bokschi Entoni Joshuaga qarshi revansh jangini o‘tkazadi.
Joshuaga qarshi jang o‘tkazish istagini Deontey Uaylder, Tayson Fyuri, Aleksandr Usiklar ham bildirib o‘tishgan.
Ayni kunda Joshua «IBF» «WBA» va «WBO» versiyalari bo‘yicha mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. 2018 yil sentyabrida rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinni jangning yettinchi raundida nokaut bilan yenga olgan. Britaniyalik bokschi faoliyati davomida jami 22 marta g‘alabaga erishib, barchasida nokautni qayd etgan. Shu kunga qadar biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.
Vladimir Klichko esa 2017 yil avgustida Joshuaga qarshi ringga ko‘tarilib, bu jangda nokautga uchragan. Uning hisobida 64 ta g‘alaba (53 ta nokaut) mavjud. Besh marta mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?