22:20 / 01.02.2019
4 226

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyada yig‘in o‘tkazadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyada yig‘in o‘tkazadi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida Tokio-2020 olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionati saralashida qatnashishidan xabaringiz bor. Mana shu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida yig‘in o‘tkazadi. Mashg‘ulotlar «Pinatar arena football center» stadioni maydonida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur yig‘in davomida Olimpiya terma jamoamiz bir qator kuchli raqiblarga qarshi nazorat uchrashuvlari o‘tkazishi ham rejalashtirilgan. Ispaniyada o‘tkaziladigan yig‘inga quyidagi futbolchilarni jalb qilgan:

Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon («Nasaf»)
Muhammadjonov Mashhurjon («Nasaf»)
Ziyovutdinov Nizomiddin (AGMK)

Himoyachilar:
Qobilov Islomjon («Bunyodkor»)
Aliqulov Husniddin («Mash’al»)
G‘ofurov Husniddin («Neftchi»)
Nasrullayev Sherzod («Nasaf»)
Saitov Dilshod («Nasaf»)
Rustamov Oybek («Qo‘qon-1912»)

Yarim himoyachilar:
Abdullayev Abdulla («Bunyodkor»)
O‘runov Oston («Navbahor»)
Qodirqulov Sanjar («Bunyodkor»)
Muhitdinov Sharof («Nasaf»)
Nurulloyev Suhrob («Metallurg»)
Rashidxonov Suhrob («Nasaf»)
To‘xstasinov Nurillo («So‘g‘diyona»)
Talxatov Dian («Paxtakor»)
Alijonov Ilhomjon («Nasaf»)
Ismailov Abrorbek («Neftchi»)

Hujumchilar:
Abduxoliqov Bobur («Nasaf»)
Amonov Azizbek («Lokomotiv»)
Mirahmadov Mirjahon («Bunyodkor»)

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyada yig‘in o‘tkazadi