12:50 / 30.03.2019
2 459

Bugun “Surxon” Termizda “Dinamo”ni qabul qiladi, “Navbahor” Toshkentda mehmon boʻladi

Bugun “Surxon” Termizda “Dinamo”ni qabul qiladi, “Navbahor” Toshkentda mehmon boʻladi
Oʻzbekiston chempionatining 2-tur oʻyinlari davom etadi. Bugungi dasturdan ikkita uchrashuv oʻrin olgan.
Dastlab, Superliganing bu yilgi debyutantlari “Surxon” va “Dinamo” Termizda toʻqnash kelishadi. Soʻnggi lahzalarda oliy divizionda oʻynashi maʼlum boʻlgan jamoalar bunga qay darajada tayyor ekanliklarini bugungi oʻyinda koʻrib olamiz.

Shu vaqtga qadar jamoalar rasmiy oʻyinlarda oʻzaro 16 bor toʻqnash kelishgan, ularning 7 tasida samarqandliklarning qoʻli baland kelgan boʻlsa, yana yettita oʻyinda “Surxon” zafar quchgan. Ikkita bahsda murosa yoʻli tanlangan.

Ikkinchi oʻyin Toshkentda “Lokomotiv” va “Navbahor” jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Mazkur bahs turning markaziy oʻyini deya aytilmoqda. Chunki unda chempionlik uchun daʼvogarlar oʻzaro roʻbaru kelishadi.

Mazkur klublar Oʻzbekiston chempionatlarining Superliga (oliy liga) bahslarida oʻzaro 30 marta kuch sinashishgan. Mazkur oʻyinlarning 17 tasida “temiryoʻlchilar” zafar quchishgan boʻlsa, 8 ta uchrashuvda “lochinlar” gʻalaba qozonishgan. Yana 5 ta oʻyinda esa jamoalar durangga imzo chekishgan. Toʻplar nisbatidagi koʻrsatkich – 54-39, “Lokomotiv” foydasiga.

Ushbu klublarning oʻzaro oʻyinlaridagi eng yirik hisob 2016 yili qayd etilgan boʻlib, unda “temiryoʻlchilar” oʻz maydonlarida 5:0 hisobida zafar quchishgan.

“Lochinlar”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi gʻalabasi 2007 yili Namanganda qayd etilgan boʻlib, unda “Navbahor” 6:2 hisobida zafar quchgandi.

“Navbahor” shu vaqtga qadar Toshkentda 15 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlsa, ularning bor-yoʻgʻi bittasida gʻalaba qozona olgan.

“Surxon” – “Dinamo”
30 mart, 16:15, Termiz

“Lokomotiv” – “Navbahor”
30 mart, 19:15, Toshkent

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun “Surxon” Termizda “Dinamo”ni qabul qiladi, “Navbahor” Toshkentda mehmon boʻladi