13:40 / 03.06.2019
2 525

Sarri «Yuventus»ga, Allegri «Chelsi»ga o‘tadi

Sarri «Yuventus»ga, Allegri «Chelsi»ga o‘tadi
«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Sarri yaqin 24 soat ichida klub bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishishi kerak. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri jurnalisti Karlo Laudiza tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan. Shundan so‘ng «Yuventus» Sarrini yangi bosh murabbiy sifatida e’lon qiladi.

Bundan avvalroq Sky Sport Italia nashri «Chelsi» Sarrini «Yuventus» qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani haqida xabar tarqatgandi. Murabbiy Italiyaga ham kasbi yuzasidan, ham shaxsiy sabablar bilan qaytmoqda: uning hisoblashicha, fanatlar va OAV uni tanqid qilganida klub uni yetarli darajada qo‘llab-quvvatlamagan.

Murabbiy «Yuventus» bilan keyinroq yana uzaytirish sharti bilan ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Uning yangi klubidagi maoshi miqdori yiliga 6 million yevroni tashkil etadi.

Sarri 2018 yilning yozida «Napoli»dan «Chelsi»ga yo‘l olgandi. O‘tgan mavsumda u londonliklar klubi bilan Angliya chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi va Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi.

O‘z navbatida o‘tgan oyda «Yuventus»dan ketgan Massimiliano Allegri «Chelsi» boshqaruviga kelishi kutilmoqda.

Daily Star «aristokratlar» Allegri bilan aloqaga chiqqani haqida xabar tarqatdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sarri «Yuventus»ga, Allegri «Chelsi»ga o‘tadi