19:29 / 15.06.2019
3 330

Omon G‘ofurov PFLni tark etdimi? Yangi rahbar kim bo‘lishini topdik...

Omon G‘ofurov PFLni tark etdimi? Yangi rahbar kim bo‘lishini topdik...
Kecha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida o‘zgarishlar bo‘lgan edi.
18:57. O‘FAda o‘zgarishlar ro‘y bergan, PFLda hammasi oldingidek qolgan edi. "Championat.asia"ga ma’lum bo‘lishicha, PFL direktori Omon G‘ofurov narsalarini yig‘ishtirib ofisini tark etgan. U nima uchun narsalarini yig‘ishtirib ketgani bizga ma’lum emas. Katta ehtimol O.G‘ofurov o‘zbek futbolidagi ish faoliyatini yakunladi.

O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: - Endi PFLga kim rahbar bo‘ladi?

Biroz avval O‘FA rasmiy saytida Ravshan Ermatov milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper va boshqa terma jamoalar murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqidagi xabar suratlar bilan birga berilgan edi.

Yuqoridagi suratga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u yerda hali rasman e’lon qilinmaganlardan biri Olim Arifov O‘FAga qaytgani haqida biroz oldin xabar bergan edik. Bundan tashqari, yana bir inson bor-ki, shu kungacha terma jamoalarga aloqasi yo‘q edi. Suratda to‘g‘rida o‘tirgan Davron Shoqurbonov bugungi kungacha "Bunyodkor" futbol klubi sport direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Mantiqan olib qaraydigan bo‘lsak, Shoqurbonov PFLning yangi direktori bo‘lishi ham mumkin.

19:05. Hozirgina Omon G‘ofurov biz bilan bog‘landi va hali PFLni tark etmaganini, ish faoliyatini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Voqealar rivojini kuzatib boramiz.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Omon G‘ofurov PFLni tark etdimi? Yangi rahbar kim bo‘lishini topdik...