2 543
Qosimov: "Abramovning termaga murabbiy bo‘lgani "Bunyodkor"ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi?"
Superliganing 22-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - AGMK (0:2) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.
"Yangi jamoani shakllantirish uchun ma’lum vaqt kerak. Nafaqat futbolda, balki boshqa sohalarda ham shunday. Inson muhitga moslashib, kirishib ketishi uchun vaqt talab etiladi. Bizda yil boshida deyarli barcha chiziqda to‘p suradigan futbolchilar oddiy vaziyatlarda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishgandi. Bundan raqiblar unumli foydalanishdi. Qolaversa, omadimiz ham kelgani yo‘q. Qayerda futbol o‘ynashingizdan qat’iy nazar, ishtiyoq bilan harakat qilish lozim. Shundagina natija bo‘ladi.
Vadim Abramovning milliy terma jamoaga bosh murabbiy bo‘lgani «Bunyodkor»ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi? Yo‘q, men unday deb o‘ylamayman. Lekin baribir tashqaridan hamma narsa oson ko‘rinadi. Buni ichkarida turib his qilgan boshqa. Shuning uchun bu haqda biror narsa deyishim mushkul. Vadim Abramov boshchiligidagi milliy terma jamoamizga esa omad tilayman", - deb Qosimovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Bunyodkor" rasmiy sayti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi