14:30 / 30.11.2019
2 782

Bugun OCHL musobaqasiga yoʻllanma olgan va ligani tark etadigan klub nomi maʼlum boʻladi

Bugun OCHL musobaqasiga yoʻllanma olgan va ligani tark etadigan klub nomi maʼlum boʻladi
Bugun Superliga joriy mavsumining soʻnggi 26-tur uchrashuvlari oʻtkaziladi. Stadionlardagi yettita bahsdan keyin chempionat bayroqlari rasman tushiriladi.

Barcha uchrashuvlar bir vaqt 15:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Koʻpchilik muxlislarning diqqat-eʼtibori Toshkent, Qarshi va Buxorodagi oʻyinlarga qaratiladi.

“Milliy” stadionda “Bunyodkor” va “Soʻgʻdiyona” OCHL yoʻllanmasi va chempionatning bronza medallari uchun kurash olib borishadi. Vadim Abramov va Ulugʻbek Baqoyev shogirdlari oʻrtasidagi uchrashuv shiddatli oʻtishi aniq.

Buxoro va Qarshida esa ligada qolish uchun kurash kechadi. Joriy mavsumda oʻz maydonida bor yoʻgʻi bitta bahsda gʻalaba qozongan “Buxoro” jamoasi soʻnggi turda AGMKga qarshi saf tortadi. Muhsin Muhammadiyev va Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi klublar oʻrtasidagi uchrashuv Superligada qoladigan jamoani aniqlab beradi. “Dinamo” Qarshidagi oʻyinda ochko olish bilan birga AGMKning Buxorodan muvaffaqiyat bilan qaytishiga ham umid qilishga majbur. “Dinamo”ning taqdiri eng avvalo “Buxoro”ning oʻyiniga bogʻliq. “Buxoro” va “Dinamo”da hozirda 21 ochkodan mavjud, oʻzaro bahsdagi ustunlik esa buxoroliklar tomonda.

Shuningdek, Samvel Babayan boshchiligidagi “Lokomotiv”ning “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvi ham turnir jadvali uchun ahamiyatsiz boʻlsa-da, ikki jamoa uchun muhim. Qolaversa, Qoʻqonda “vodiy derbisi”, Bekobodda “Metallurg” – “Surxon”, Andijonda “Andijon” – “Qizilqum” uchrashuvlari oʻtkaziladi.

Superliga. 26-tur
30-noyabr, shanba

“Andijon” - “Qizilqum”

Bosh hakam: Viktor Serazitdinov

“Lokomotiv” - “Paxtakor”
Bosh hakam: Elyor Tursunov

TV-translyatsiya: “Oilaviy”
“Nasaf” - “Dinamo”
Bosh hakam: Vadim Agishev

TV-translyatsiya: “Mahalla”
“Buxoro” - AGMK
Bosh hakam: Jasur Muxtorov

TV-translyatsiya: “Dunyo boʻylab”
“Metallurg” - “Surxon”
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

“Qoʻqon-1912” - “Navbahor”
Bosh hakam: Zokir Qodirov

“Bunyodkor” - “Soʻgʻdiyona”
Bosh hakam: Temur Toʻxtasinov
TV-translyatsiya: “Sport”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun OCHL musobaqasiga yoʻllanma olgan va ligani tark etadigan klub nomi maʼlum boʻladi