20:43 / 09.12.2019
3 969

OChL-2020. "Paxtakor" guruh bosqichini Toshkentda BAA klubiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi

OChL-2020. "Paxtakor" guruh bosqichini Toshkentda BAA klubiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi
Ertaga 2020 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
OFK xuddi o‘tgan yillarda bo‘lgani kabi O‘zbekiston chempionini "B" guruhiga joylashtirishi aniq. Ushbu guruhda Saudiya Arabistoni hamda BAA klublari ham bo‘ladi. So‘nggi to‘rtinchi klubi pley-off bosqichidan so‘ng ma’lum bo‘ladi. "Paxtakor"ning guruhdagi raqiblari va ehtimoliy raqibi ertangi qur’a tashlash marosimidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Biroq guruh taqvimi allaqachon ma’lum bo‘lib ulgurgan. Unga ko‘ra "sherlar" 1-turni Toshkentda BAA klubiga qarshi o‘tkazishadi. So‘ngra Shota Arveladze shogirdlari pley-off bosqichi g‘olibi mehmoni bo‘lishadi. 3 va 4-turlarda "Paxtakor" Saudiya Arabistoni klubi bilan bellashadi. Guruh bosqichini O‘zbekiston chempioni o‘z maydonida pley-off bosqichidan chiqqan klubga qarshi o‘yin bilan tugatadi.

Agar "Lokomotiv" pley-offda Tojikiston va Saudiya Arabistoni klublarini mag‘lub etsa "A" guruHidan joy oladi. Ushbu guruhda Iroq chempioni "Al Shorta" jamoasi bo‘lish aniq. Shuningdek BAA klubi va yana bir pley-off bosqichi g‘olibi ishtirok etadi.

"Bunyodkor" pley-offda Iroq va BAA klublari to‘sig‘idan o‘ta olsa "D" kvartetidan joy oladi. Bu guruhda Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni klublaridan biri bo‘ladi.
2020 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 10 fevral kuni start oladi va 6 mayga qadar davom etadi.

OChL-2020, "B" guruhi taqvimi
1-tur, 10 fevral

"Paxtakor" - BAA klubi

2-tur, 17 fevral
Pley-off g‘olibi - "Paxtakor"

3-tur, 3 mart
Saudiya Arabistoni klubi - "Paxtakor"

4-tur, 6 aprel
"Paxtakor" - Saudiya Arabistoni klubi

5-tur, 21 aprel
BAA klubi - "Paxtakor"

6-tur, 5 may
"Paxtakor" - Pley-off g‘olibi

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL-2020. "Paxtakor" guruh bosqichini Toshkentda BAA klubiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi