2 829
Eldor Shomurodov «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi» nomiga da’vogarlik qilmoqda
O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov qit’aning nufuzli sport saytlaridan biri sanalmish «FOX Sports Asia» tomonidan «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasida 24 nafar nomzodlardan biri sifatida kiritildi.
Manbada yozilishicha, «Eldor Shomurodov klubi safidagi o‘yinlari bilan Rossiyada Markaziy Osiyo bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘zidan juda yaxshi taassurot qoldirdi».
Nominatsiyadan faqatgina osiyolik futbolchilar emas, qit’amizda to‘p surayotgan xorijlik legionerlar ham o‘rin olgan. Jumladan, 20 nafar osiyolik futbolchi bilan birga Osiyo klublaridagi 4 nafar boshqa qit’a vakili – Befetimbi Gomis (Fransiya), Sebastian Jovinko (Italiya), Paulno (Braziliya), Bog‘dod Bunedjo (Jazoir) joy olgan. Nominatsiya g‘olibi sayt tomonidan yil yakunida e’lon qilinadi.
«Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi». 24 kishilik shortlist:
Ma’lumot uchun, 2013 yildan buyon «Titan Sports» va «FOX Sports Asia» tomonidan aniqlanib kelinayotgan ushbu nominatsiyaning amaldagi g‘olibi janubiy koreyalik Son Xyon Min sanaladi. «Tottenhem» futbolchisi 2018 yilda 206 ovoz to‘plab (29.3%), yaponiyalik Makoto Hasebe (Aytraxt F, 9.1%) va Alirizo Beiranvandni (Persipolis, 7.1%) ortda qoldirib, qit’aning tengsiz futbolchisiga aylangandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi