11:03 / 16.02.2020
2 453

Neymar jarohati bo‘lishiga qaramay Germaniyaga bordi, bu PSJ rahbariyatiga yoqmadi

Neymar jarohati bo‘lishiga qaramay Germaniyaga bordi, bu PSJ rahbariyatiga yoqmadi
Foto: Twitter
PSJ hujumchisi Neymar Dyusseldorfda bo‘lib o‘tgan reklama tadbirida ishtirok etdi. Braziliyalik futbolchi Germaniyaga o‘ziga tegishli kiyim brendini targ‘ibot qilish maqsadida borgan.
Jarohatini tiklash o‘rniga safarga ketgan Neymarning bu harakati parijliklar rahbariyatiga yoqmagan, deya xabar qilmoqda AS.

PSJ 18 fevral kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida Dortmundning «Borussiya»siga qarshi o‘ynaydi.
Neymar joriy mavsum Fransiya chempionatida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar jarohati bo‘lishiga qaramay Germaniyaga bordi, bu PSJ rahbariyatiga yoqmadi