19:30 / 29.02.2020
2 974

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yamanga qarshi o‘yini qoldirilishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yamanga qarshi o‘yini qoldirilishi mumkin
Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi “D” guruhida 5 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 1-pog‘onasini egallab turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2020 yilda 3 ta juda muhim o‘yin o‘tkazishidan xabaringiz bor.

Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31 mart kuni Yaman mehmoni bo‘ladi. Ammo tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, ushbu bellashuv koronavirus sababli boshqa muddatga qoldirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq OCHL doirasida Saudiya Arabistonida o‘tishi kerak bo‘lgan "Al Hilol" - "Paxtakor", Toshkentga ko‘chirilgan "Sepaxon" - "Al Nasr" uchrashuvilari koronavirus tufayli qoldirilgandi.

Shuningdek, Yevropa va Osiyo chempionatlaridagi bir nechta bellashuvlar ham boshqa sanaga ko‘chirilgan. OFK yaqin kunlar ichida bu borada qaror chiqarishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yamanga qarshi o‘yini qoldirilishi mumkin