18:50 / 01.03.2020
2 222

"Surxon" klubi murabbiyi muxlislardan uzr so‘radi

"Surxon" klubi murabbiyi muxlislardan uzr so‘radi
"Surxon" - "Bunyodkor" (1:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Shavkat Abduxo‘jayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

- Avvalo, muxlislarimizdan uzr so‘rayman. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi bo‘limda raqib darvozasi oldida yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Futbolda gol urgan jamoa g‘alaba qozonadi. Navbatdagi uchrashuvlarda bugungi mag‘lubiyat o‘rnini to‘ldirishga va vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz.

Fikrimcha, bugun ikkinchi bo‘limda «konsentratsiya»ni yo‘qotib qo‘ydik. Raqibning qarshi hujumlarida yanada diqqatliroq bo‘lishimiz lozim edi. Hakamlar haqida gapirmayman. Jismoniy holatimiz joyida. Bugun biz ko‘proq hujum uyushtirdik. Shunchaki, hujumlarni golga aylantira olmadik. Agar gol urganimizda hisob bunday ko‘rinish olmasdi, Tarkibni murabbiylar shtabi tanlaydi. Yangi bosh murabbiy masalasi tez orada hal etilsa kerak, - dedi murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Surxon" klubi murabbiyi muxlislardan uzr so‘radi