21:30 / 30.04.2020
2 365

Shaxmat muxlislari uchun onlayn dars tashkil qilinmoqda

Shaxmat muxlislari uchun onlayn dars tashkil qilinmoqda
Hozirgi kunda koronovirus pandemiyasi munosabati bilan yurtdoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan shaxmat bo‘yicha onlayn dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.

Mashg‘ulotlarni Oliy toifali murabbiy, «Prof chess» professional shaxmat maktabi rahbari Ravshan Shukurov olib boradi. Ravshan Toxirovich bir necha xalqaro musobaqalar sovrindori hisoblanadi. Shuningdek, uning shogirdlari jahon va Osiyo chempionlari bo‘lishgan.

Onlayn mashg‘ulotlar 2020 yil 1-10 may kunlari har kuni soat 10:30 dan boshlab ZOOM dasturi orqali videokonferensiya tarzida bo‘lib o‘tadi.
Onlayn darslarga qo‘shilish uchun har kuni 10:25 dan boshlab Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi https://t.me/Tashkent_MinSport_uz orqali havola va parollarni olishingiz mumkin.

Mashg‘ulotlar yakunida faol ishtirok etgan yurtdoshlarimiz Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Qo‘shimcha savollar yuzaga kelgan taqdirda quyidagi telefon raqamlari orqali ma’lumot olishingiz mumkin:
ZOOM dasturida muammolarga duch kelsangiz Umid Saidov (90) 135-12-34, Humoyun Omonov (93) 409-16-64.

ESLATMA!!!
– videokonferensiya vaqtida o‘zingizning telefon yoki kompyuteringizni mikrofonini o‘chirib qo‘ying;
– mashg‘ulot davomida savollar yuzaga keladigan bo‘lsa mashg‘ulotlardan so‘ng batafsil javob olishingiz mumkin bo‘ladi;
– dars mashg‘ulotlarida ishtirok etish mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

Hurmatli vatandoshlar! Ramazon oyida uyda qolib shaxmat darslarida faol ishtirok eting!

Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi
Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shaxmat muxlislari uchun onlayn dars tashkil qilinmoqda