Coca Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” hamda “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘yin kutganimizdek qiyin kechdi. Chempionatning to‘xtab qolgani yomon bo‘ldi. Endi avvalgi holatga qaytishimiz lozim. Juda sekin o‘ynadik, sur’atni oshirmadik. Bunga mezbonlar ham o‘yinni ko‘p to‘xtatib, sababchi bo‘lishdi. Mezbonlarni olqishlashim mumkin. Karantindan keyin yaxshi holatga qaytib olishga bir necha o‘yin kerak bo‘ladi. Har ikki bo‘limda ham sekin harakat qildik. Bundan ancha tez o‘ynay olamiz. Uch vaziyatda biz penalti tepishimiz mumkin edi. Holatni ko‘rib chiqib, e’tirozimni bayon qilishim mumkin”, - dedi gruziyalik mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"