19:49 / 07.07.2020
2 719

Xorxe Masvidal: «Kamaru Usmonni butun dunyo ko‘z oldida yanchib tashlayman»

Xorxe Masvidal: «Kamaru Usmonni butun dunyo ko‘z oldida yanchib tashlayman»
Foto: Getty Images
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Xorxe Masvidal Kamaru Usmon bilan bo‘ladigan jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men har qachongidan ham baxtliman. Uning yuzini bejash uchun u yerga (Abu-Dabiga) jo‘nab ketyapman va buning uchun menga pul ham to‘lashadi.

Mashg‘ulotlarni to‘xtatmadim. Qanday formadaman? Ben Askrenga qarshi jang qilmagan bo‘lardim, chunki u aql bovar qilmas jangchi. Ehtimol, Darren Till bilan ham jang qilmasdim. Ammo bu to‘nkani (Kamaru Usmon — tahr.) bemalol mag‘lub eta olaman.

G‘alabam shiddatli bo‘ladi. U zo‘rg‘a nafas oladi, men esa qo‘limni boshim uzra baland ko‘taraman. Uni butun dunyo ko‘z oldida yanchib tashlayman. Bu — shafqatsiz bo‘ladi
», — deydi Masvidal.

Eslatib o‘tamiz, Xorxe Masvidal va Usmon Kamaru jangi Abu-Dabidagi UFC 251 musobaqasida Toshkent vaqti bilan 12 iyul kuni tongda bo‘lib o‘tadi.


Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xorxe Masvidal: «Kamaru Usmonni butun dunyo ko‘z oldida yanchib tashlayman»