Bugun "Paxtakor" Chempionlar Ligasidagi ishtirokini davom ettirish uchun Qatar poytaxti Doha shahriga jo‘nab ketadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Bosh murabbiy Shota Arveladze musobaqada qatnashish uchun 25 nafar o‘yinchini tanlab oldi.
Darvozabonlar - Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Aziz Isaqov, Umid Hamroyev.
Himoyachilar - Hojiakbar Alijonov, Akram Komilov, Anzur Ismoilov, Alisher Salimov, Yegor Krimes, Sherzod A’zamov, Vladimir Kozak, Farruh Sayfiyev.
Yarim himoyachilar - Sadriddin Abdullayev, Asad Sobirjonov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Doston Hamdamov, Hojimat Erkinov, Odil Hamrobekov, Abror Ismoilov, Sardor Sobirxo‘jayev, Diyor Xolmatov, Javohir Sidiqov.
Hujumchilar - Igor Sergeyev, Eren Derdiyok.
"Paxtakor" 10 sentabr kuni Toshkent - Doha charter reysi orqali Qatarga yetib borishi rejalashtirilgan. "Sherlar"ning mashg‘ulotlari har kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
"Paxtakor" ishtirokidagi 4 uchrashuvning barchasi 2022 yilgi jahon chempionati uchun yangi qurilgan "Al Janub" stadionida o‘tkaziladi. Ushbu stadion 2019 yil may oyida foydalanishga topshirilgan. "Al Vaqra" uy stadioni sanalgan "Al Janub" 40 ming tomoshabinga mo‘ljallangan.
"Paxtakor" barcha o‘yinni bir xil vaqtda boshlaydi. Toshkent vaqti bilan bellashuvlar 23:00da start oladi (Doha vaqti bilan 21:00).
3-tur, 14 sentabr
Al Hilol - Paxtakor
4-tur, 17 sentabr
Paxtakor - Al Hilol
5-tur, 20 sentabr
Shabab Al Ahli - Paxtakor
6-tur, 23 sentabr
Shahr Xodro - Paxtakor “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi