15:17 / 14.09.2020
1 861

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ikkita xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ikkita xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Olim Shokirov murabbiyligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi 14-25 sentyabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” bazasiga yig‘ilgan futbolchilarimiz dastlab koronovirusga test topshirdi. Test natijalari chiqquniga qadar ular yakkalik rejimida bo‘lib turadi.

Ertaga umumiy guruh mashg‘ulotlariga start beriladi. 20 sentyabr kuni o‘smirlar terma jamoasi Xo‘jandga yo‘l oladi.

21 va 24 sentyabr kunlari “Mustaqillikning 20 yilligi” stadionida o‘zbekistonlik va tojikistonlik o‘smirlar o‘rtasida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur yig‘inga chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar
1. Parmonov Beknur (Nasaf)
2.Maxmudov Husan (Paxtakor)
3. Kenjayev Asror (Spartak)

Himoyachilar
4. Vaniyev Asan (Paxtakor)
5. Pogosyan Vazgen (Paxtakor)
6. Poyonov Sunnatila (Paxtakor)
7. To‘xtasinov Toxir (Bunyodkor)
8. Abdurazokov Mirkomil (Paxtakor)
9. Zevatdinov Aleksandr (Bunyodkor)

Yarimhimoyachilar
10. Pazildinov Muxritdin (Paxtakor)
11. Husanov Abdukadir (Bunyodkor)
12. Xayrullayev Alisher (Nasaf)
13. Koxorjonov Asad (Bunyodkor)
14. Inomov Diyor (Spartak)
15. Abdurazokov Nodir (ChKOR)
16. Jumaxanov Po‘lat (Paxtakor)
17. Usmanov Muxammadali (Paxtakor)
18. Islamov Rian (Paxtakor)
19. Beglarxanov Asad (Paxtakor)
20. Urinbayev Muxammadali (Paxtakor)

Hujumchilar
21. Hojiboyev Sardor (Paxtakor)
22. Turdimurodov Rustam (Paxtakor)
23. Akramov ShaHzod (Nasaf)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ikkita xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi