20:10 / 17.09.2020
1 818

Himoyada o‘ynagan “Al-Hilol” “Paxtakor”ni qanday qilib yengdi? (revyu)

Himoyada o‘ynagan “Al-Hilol” “Paxtakor”ni qanday qilib yengdi? (revyu)
Qit’a futbolidagi eng katta axborot manbayi hisoblanadigan sayt 3-tur bahsini tahlil qilib chiqdi. Xabaringiz bor, bugun Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” va “Al Hilol” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “The-afc.com” sayti 3-turda bo‘lib o‘tgan bahs tahlilini taqdim etdi. Ushbu maqolani o‘zbek tilida e’tiboringizga havola etamiz.

Amaldagi Osiyo Chempionlar Ligasi g‘oliblari 97-daqiqada kiritilgan gol evaziga “Paxtakor”dan ustun keldi.
O‘z mamlakatida chempionga aylangan ikki jamoaning “Al-Janub”da kechgan bahsi ancha murosasiz kechdi. “Al-Hilol”ning g‘alaba golini Xattan Bahebri eng so‘nggi daqiqalarda kiritdi.

Gomis yo‘qolib qoldi
Saudiya Pro-ligasidagi katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan “Al-Hilol” yetakchisi Bafetimbi Gomisdan ko‘pchilik kuchliroq o‘yin kutgandi. Ammo u uchrashuv mobaynida atigi 3 marotaba to‘pga tegindi. Bu maydonda harakat qilgan 21 futbolchining barchasidan kam ko‘rsatkich. Avvalgi 2 ta turda jamoasining 3 ta golidan 2 tasini urgan fransuz forvardi ushbu uchrashuvda yo‘qolib qoldi. Atigi bitta duelda g‘alaba qozondi va 2 marotaba fol ishlatdi.

Uning bir teginishi jarima maydoni ichida bosh bilan berilgan noaniq zarba, yana biri esa Suyunovning qizil kartochkasi bilan yakunlandi.

Masharipov porladi
Ushbu uchrashuvda eng ko‘p to‘p bilan muomala qilgan futbolchi “Paxtakor” vingeri Jaloliddin Masharipov bo‘ldi. Chap qanot vakili o‘zbek klubining eng faol vakili sifatida yodimizda qoldi.

U maydondagi istalgan futbolchidan ko‘proq vaziyat yaratdi (4 ta). 83 marotaba to‘pga tegingan va 13 marotaba raqiblarini aldab o‘tishga erishgan.

Umuman, Shota Arveladze raqibning ojiz tarafidan unumli foydalanishga erishdi. “Al-Hilol”ning asosiy o‘ng qanot himoyachisi Muhammed Al-Bureykda koronavirus aniqlangani bois ushbu bellashuvda maydonga tusha olmadi. Shu sababli, “Paxtakor”ning 4 ta xavfli hujumi chap qanotdan uyushtirildi.

Shunday hujumlarning biri Derdiyokning hisobni tenglashtirishi bilan yakunlandi.

Xattan qutqaruvchi rolida
Shveysariyalik hujumchining golidan so‘ng 10 kishi bo‘lib qolgan “Paxtakor” 1 ochko olishi aniq bo‘lib qolgandek ko‘ringandi.

“Al-Hilol” esa hujumlar uyushtirishda davom etdi va murabbiyning topqirligi ish berdi Ikkinchi taymda maydonga tushgan Xattan Bahebri jarima maydoni tashqarisidan raqib postini ishg‘ol qilishga erishdi.

Bahebri so‘nggi 8 daqiqa mobaynida 3 ta duelda g‘alaba qozondi va 2 ta dribling ishlatdi. E’tiborlisi, 90 daqiqa maydonda harakat qilgan jamoadoshlarida ham bunday statistika mavjud emas.

Albatta, uning zarbasini e’tirof etamiz. Ammo Quvvatov darvozasiga gol kirishiga rekashet ham yordam berdi.
Bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ham o‘z mamalakati chempionlari mana shunday katta intriga bera olishlari aniq.

Abdulvosid Valixonov tarjimasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Himoyada o‘ynagan “Al-Hilol” “Paxtakor”ni qanday qilib yengdi? (revyu)