22:08 / 22.10.2020
2 035

Vadim Abramov: Xursand qilgani "Andijon" ham hujumkor o‘yin ko‘rsatdi

Vadim Abramov: Xursand qilgani "Andijon" ham hujumkor o‘yin ko‘rsatdi
Coca-Cola Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor"-"Andijon" (6:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bunday o‘yinlar ham bo‘lib turadi. "Lokomotiv"dan qabul qilib olingan alamli mag‘lubiyatdan keyin bugun yutdik. O‘sha o‘yinda gol ura olmagan edik, bugan gollarimiz soni ko‘p bo‘ldi. Vaziyatlardan foydalana olmaslik qiynayapti. Xursand qilgan jihat shundaki, "Andijon" ham hujumkor o‘yin ko‘rsatdi.

"Bunyodkor" "chuqur"da emas edi. Bunaqa omadsiz o‘yinlar uchrab turadi. "Lokomotiv" bilan bahsda o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanganimizda hisob boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Chetdan qaraganda jamoa qanday o‘ynayotgani ko‘rinadi-ku?! Yevropaning nomdor klublari ham mag‘lubiyatga uchrab turadi. Bu qo‘rqinchli emas.

O‘zbekiston kubogini qanday formatda davom etishini bilmayman. Ushbu turnirda barcha jamoalar qatnashadi. Balki, jamoalar sonini qisqartirish hisobiga olimpiya tizimida o‘tkazish yaxshiroq. Lekin, kubok bahslari qanday formatda o‘tishidan qat’iy nazar bizning vazifamiz munosib ishtirok etish.

Mirjahon Mirahmadov jarrohlik amaliyotidan so‘ng ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Uning holati ruhiyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Mavsum boshida OCHLda ishtirok etayotgan edik. Shu sababli tarkibni to‘ldirdik. Bizga futbolchilar jamoa darajasida emasligini aytishadi, lekin beriladigan maosh va sharoitlarga yarasha futbolchilar bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: Xursand qilgani "Andijon" ham hujumkor o‘yin ko‘rsatdi