19:19 / 13.11.2020
3 741

Krishtianu Ronaldu qayerda to‘p tepishini aytdi

Krishtianu Ronaldu qayerda to‘p tepishini aytdi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning yozgi transfer mavsumida Turinni tark etish haqida turli xabarlar ko‘payib bormoqda. Xususan, portaguliyalik to‘purar mavsum yakunlanishi bilan PSJ, “Real” va “Manchester Yunayted”ga o‘tishi to‘g‘risida matbuotda ko‘p yozilmoqda.

Krishtianu Ronalduning o‘zi bu xabarlarga o‘z munosabatini bildirib, faoliyatini qayerda davom ettirishi haqida qarorini oshkor qildi.
Unga ko‘ra, “Yuve” to‘purari shartnomasi yakuniga qadar jamoada qoladi. Futbolchining aytishicha, oilasi Turinga moslashib olgan va ularga bu shaharda yashash yoqyapti.

Shuningdek, Ronaldu klub rahbariyati uni boshqa jamoaga transfer qilishi haqida hech qanday gap-so‘z bo‘lmaganini ham alohida ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu qayerda to‘p tepishini aytdi