09:04 / 07.12.2020
2 178

Brunu Fernandesh golli vaziyatlar yaratish borasida Yevropada eng yaxshi natija qayd etmoqda

Brunu Fernandesh golli vaziyatlar yaratish borasida Yevropada eng yaxshi natija qayd etmoqda
Foto: Goal
«Manchester Yunayted» Angliya Premer Ligasining 11-turi doirasida kechgan 5 dekabr kungi o‘yinda «Vest Hem»ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1).

Mazkur bahsda «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh o‘zining yorqin o‘yini bilan ajralib turdi. 26 yoshli portugaliyalik futbolchisi Premer Liga 2020/21 yilgi mavsumida 35 ta golli vaziyat yaratdi. Bu top-5 ligalar futbolchilari orasida hozircha eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.

Brunu 2020 yilning yanvarida «Sporting»dan «Manchester Yunayted» safiga kelib qo‘shilgandi. Manchesterliklar uni 55 million yevro evaziga sotib olgandi. Joriy mavsum 26 yoshli futbolchi Angliya chempionatida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol va oltita golli uzatma muallifiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Brunu Fernandesh golli vaziyatlar yaratish borasida Yevropada eng yaxshi natija qayd etmoqda