11:11 / 17.12.2020
1 958

PFL mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlarni ma’lum qildi

PFL mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlarni ma’lum qildi
O‘zPFL mavsum mobaynida oyning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va golini aniqlab keldi. Yil yakunida esa, an’anaga ko‘ra turli nominatsiyalarda eng yaxshilarni aniqlaydi.

Professional-liga tashkilotchilari ortda qolgan mavsum yakunida bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlash tizimiga biroz o‘zgartirish kiritdi. Oldingi mavsumlarda yil laureatlarini aniqlashda ularning oyma-oy to‘plagan ochkolari yig‘indisi hisobga olinar edi. Bu yil eng yaxshilarni aniqlash uchun yakunda ham Sosa Sola Superligasi klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ovoz beradi. Bunda mavsum davomida oy g‘oliblari sifatida eng ko‘p ochko to‘plagan uch nafar murabbiy va futbolchiga O‘zPFL nomzodlari qo‘shilgan holda – jami 4 nafar nomzod ishtirok etadi.

Sosa Sola Superligasida yilning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar:
1. Bobir Abdiholiqov
2. Murod Xolmuhammedov
3. Igor Sergeyev
4. Jaloliddin Masharipov

Eng yaxshi futbolchiga ovoz berish jarayoni 16 dekabr kunidan 25 dekabr kunigacha davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PFL mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlarni ma’lum qildi