
Professional boksning super-o‘rta vazn toifasida (76kg) o‘z faoliyatini olib borayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (6-0, 5KO) navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.
Bokschimiz o‘zining 13 fevralda Kaliforniya shtati, Indio shahridagi "Fantasy Springs Resort Casino" arenasida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga chiqadi. Jang 10 raundlik etib belgilangan. Hozirda, raqib borasida ma’lumotlar yo‘q. Jang kechasi asosiy kardida yarim-yengil vazn toifasida IBF chempioni Yozef Diaz o‘z kamarini da’vogar, tojikistonlik Shavkatjon Rahimovdan himoya qiladi.
Aslida, Meliqo‘ziyev 30 yanvar kuni sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyovga qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Ammo Kovalyov VADA tekshiruvidan o‘ta olmagach, jang kechasi bekor qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar