18:35 / 12.03.2021
3 043

«Yuventus» Krishtianu Ronalduga narx belgiladi. Futbolchi «Real»ga qaytishi mumkin

«Yuventus» Krishtianu Ronalduga narx belgiladi. Futbolchi «Real»ga qaytishi mumkin
Foto: Twitter
«Yuventus» 2021 yilning yozidayoq jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishi mumkin. SportMediaset’ning xabar qilishicha, klub 60 million yevrolik taklif bo‘ladigan bo‘lsa, Ronalduni qo‘yib yuborishga tayyor. 36 yoshli futbolchiga PSJ, «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», MLS va arab klublaridan qiziqish bor.

El Chiringuito’ga ko‘ra futbolchining agenti Jorje Mendesh «Real» bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular Ronalduning Madridga qaytishini muhokama qilmoqda.

«Yuventus» Ronalduni 2018 yilning yozida 117 million yevro evaziga «Real»dan sotib olgandi. Ammo turinliklar uni olib kelishdan ko‘zlagan asosiy maqsad — Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatli ishtirok etish borasida uch mavsumdan beri omadsiz harakat qilmoqda.

Ronalduning maoshi yiliga 31 million yevroni tashkil qiladi, bu esa koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz vaqtida klub uchun og‘irlik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» Krishtianu Ronalduga narx belgiladi. Futbolchi «Real»ga qaytishi mumkin