23:11 / 27.03.2021
2 073

Kvame Pepprax: "O‘zbekiston bizdan ancha yaxshi o‘ynadi"

Kvame Pepprax: "O‘zbekiston bizdan ancha yaxshi o‘ynadi"
O‘zbekiston - Gana B uchrashuvidan keyin mehmonlar hujumchisi Kvame Pepprax championat.asia sayti muxbiriga intervyu berdi.
- Gana terma jamoasidagi debyutingiz qanday o‘tdi?
- Gana terma jamoasida maydonga tushganidan xursandman va kelajakda yana ko‘p bahslarda ishtirok etishga umid qilaman. O‘zbekiston bilan o‘yinda tarkibimizda ko‘plab yosh futbolchilar bor edi, bor kuchimiz bilan harakat qildik, ammo mezbonlar bizdan ancha yaxshi o‘ynashdi. Ular yaxshi jamoa ekanliklarini bilaman, balki Osiyoning eng kuchlilaridan biridir, shu sabab bizning yosh jamoaga oson bo‘lgani yo‘q.

- Shaxsan o‘zingiz qanday o‘ynadingiz?
- Bor kuchim bilan harakat qildim, ammo gol ura olmadim. Men hujumchiman va barcha o‘yinlardagi vazifam gol urish. Ammo yuqorida aytganimdek raqibimiz kuchli edi va gol urish oson bo‘lmadi.

- O‘zbekiston safida eng yaxshi o‘yinchi kim bo‘ldi?
- Ularning sardorini alohida ko‘rsatgan bo‘lardim (Anzur Ismoilov). Hujumchi sifatida unga qarshi o‘ynadim va oson bo‘lgani yo‘q. Bundan tashqari 10-raqamdagi futbolchi ham yoqdi (Jaloliddin Masharipov).

- O‘zbekistonda necha kun bo‘ldingiz. Bu mamlakat yoqdimi?
- Bu yerda 5 kun bo‘ldik, mamlakat menga yoqdi. Afrikadan farqli, iqlimi ham boshqacha ekan, ammo xalqi mehmondo‘stligi menga yoqdi. Bu yerda barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Ertaga kechqurun biz uchib ketamiz, ammo kelajakda yana bu mamlakatga qaytib kelishni orzu qilaman.

- Ayni paytda qaysi klubda to‘p tepayapsiz?
- Gana Premer-ligasida ishtirok etuvchi «King Feysal» klubida. Bu mavsum 17ta o‘yinda 9ta gol urdim, endi shu ruhda davom etishga urinaman. Kelajakda barcha singari katta klubda to‘p tepishni istayman.

- Ganada doim yaxshi hujumchilar bo‘lgan. Eng sevimli hujumchingiz kim bo‘lgan?
- Asamoa Gyan. U terma jamoamiz sardori va yetakchisi bo‘lgan. U Italiya A seriyasida va Angliya premer ligasida o‘ynagan, kelajakda men ham shu ligalardan birida o‘ynashni orzu qilaman.

Miron Goyxman suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kvame Pepprax: "O‘zbekiston bizdan ancha yaxshi o‘ynadi"