Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichining ikkinchi davrasidagi hal qiluvchi uchrashuvida Saudiya Arabistoni bilan to‘qnash keladi. Agar bugun mag‘lubiyatga uchrasak yoki durangga rozi bo‘lsak, yana 4 yil Jahon chempionati haqda orzu qilishgagina haqqimiz bo‘ladi, xolos.
FIFA reytingida arabistonliklar bizdan oldinda turishadi. Ularning orasida Rossiyadagi mundialdan nafas olgan futbolchilari ham uchraydi. Xullas, xalqaro maydondagi o‘yin amaliyoti ularda ko‘proq. Tashqi tomondan, Saudiyaliklar o‘z uylarida o‘ynasa-da, kuchlar deyarli teng.
Transfermarket saytining ma’lumotlariga qaraganda, Saudiya Arabistoni MTJ futbolchilarining umumiy narxi 25.78 million yevro, «oq bo‘rilar» esa 27.65 million yevrodan oshadi. Ko‘rib turganingizdek, bizning terma jamoani xalqaro miqyosida ham yuqori baholashgan. Umumiy yosh toifasida esa Saudiya bizdan ozgina yoshroq: 26.1 ga 26.5 nisbatida.
Eng kuchli futbolchilar: Saudiya Arabistoni hujumchisi Salem Al-Dosari tarkibning eng qimmat o‘yinchisi bo‘lib turibdi. Uning narxi deyarli 3 million yevroga yaqin. Darvazoboni Muhammad al-Uvays tarkibdagi ikkinchi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Uning narxini transfermarket platformasi 2,5 million yevroga baholagan. Yasir Al-Shahrani, Sulton Al-Ganam, Muhammad al-Breyklarning narxi esa 2 million yevrodan boshlanadi. Tarkibda har bir pozitsiyada o‘ynay oladigan yaxshi futbolchilar bor.
O‘zbekiston MTJning trasfermarket platformasiga ko‘ra umumiy narxi 27.65 million yevrodan oshadi. Eng qimmat baholangan futbolchimiz, shubhasiz, Italiya A seriyasida porlayotgan Eldor Shomurodov 7 million yevrodan ortiqqa baholangan. Ikkinchi o‘rinni esa Otabek Shukurov 3 million yevro bilan band etgan. So‘nggi 2 o‘yinda 3 ta golga mualliflik qilgan Jalolliddin Masharipov esa 2,8 million yevro bilan keyingi o‘rinni egallab turibdi.
Umuman olganda hujum va yarim himoya zonasidagi futbolchilarimizning transfer narxi yaxshi, biroq darvozabon va himoyachilar masalasida oqsashimiz mumkin. Bu transfer narxlari nimanidir hal qiladi, demoqchi emasmiz. Biroq katta futbol olami futbolchilarimizga shunday baho bermoqda.
Bugun taqdirimiz nima bo‘ladi? Demak, boshqa guruhlardagi vaziyatga qarasak:
«A» guruhi: Suriyaga «baribir».
Suriya milliy jamoasi maksimal ochko yiqqan – 7 o‘yinda 100 foizlik natija – 21 ochko jamg‘arib, muddatdan avval guruh g‘olibi sifatida hal qiluvchi 3-bosqichga yo‘llanma olib bo‘ldi. Ularga endi «durangmi» yoki «mag‘lubiyat» «baribir» bo‘lib qolgan. Xitoy bilan bahs shomliklar uchun hech qanday foyda keltirmaydi. Durang natija ham Li Te qo‘l ostidagi Xitoyni qanoatlantiradi. Qolgan bahslar natijasidan qat’i nazar 17 ochko bilan 2-o‘rinni egallab pley-offga olib chiqadi.
«B» guruhi: Iordaniyaning taqdiri biznikiga o‘xshaydi.
Avstraliya milliy jamoasi 2-saralash bosqichida ochko yo‘qotgani yo‘q. Ular keyingi bosqichga chiqib bo‘lishdi. Bir paytlar Toshkentda bizni «yig‘latib ketgan» Iordaniya 14 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa-da, eng yaxshi natijaga ega ikkinchi o‘rinlar qatorida 8 ochko bilan beshlikdan tashqarida turibdi. Iordaniya so‘nggi hal qiluvchi o‘yinida Avstraliyani mag‘lub etsa, keyingi bosqichga chiqa olishi mumkin – o‘shanda ham o‘zidan yuqorida bo‘lgan 4 jamoadan kamida 2tasi ochko yo‘qotishi lozim. Ularning missiyasi og‘ir: «Kengurular»ni mag‘lub etish…
«C» guruhi: Eron ham, Iroq ham «to‘ydan» qolib ketishi mumkin.
Bahraynda o‘tayotgan «S» guruhida ham vaziyat anchayin jiddiy. Peshqadam Iroq ham, Eron ham guruhda qolib ketishi mumkin. Hozirgi holatda iroqliklarga ham, eronliklarga ham 2-o‘rin bilan guruhdan chiqa olmaslik xavfi saqlanib turibdi. Ulardagi vaziyat bizning guruhga juda o‘xshaydi. Eron O‘zbekiston rolida, Iroq esa Saudiya rolida. Ochkolar ham xuddi shunday. G‘alaba ikki jamoaga ham yo‘llanmani taqdim etadi, durang esa Iroq foydasiga, forslarning zarariga ishlashi mumkin. Mag‘lubiyat Eronni guruhda qolib ketishiga sabab bo‘lishi aniq.
«D» guruhi: O‘zbekiston terma jamoasi paydo bo‘lgandan beri boshqalarning «qo‘liga» qaraymiz.
Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston o‘yinida g‘alaba milliy jamoamizga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma beradi, durang bizni boshqa termalarga «ichiqoralik» qilib o‘tirishimizga sabab bo‘ladi. Mag‘lubiyat esa…
«E» guruhi: Kim nima dardda?
Osiyoning amaldagi chempioni Qatar milliy jamoasi guruhda o‘tkazgan 8 o‘yindan 7tasini g‘alaba bilan yakunlab, guruhdan chiqish masalasini o‘tgan turdayoq hal etgandi. Bu mamlakat JCh-2022 mezboni ekani bois, 2-saralash bosqichida Osiyo kubogi-2023 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun ishtirok etdi, hal qiluvchi 3-saralash bosqichda esa qatarliklarni ko‘rmaymiz.
Ikkinchi o‘rin egasi – Ummon. Ushbu jamoa eng yaxshi natijaga ega 2-o‘rindagi jamoalar orasida 12 ochko bilan yo‘llanmani deyarli naqd qilgan. Xullas, turnirning 2-bosqichida «kubok»da ishtirok etish dardimi yoki boshqa Qatarning bizning zararimizga ishlashiga olib keldi.
«F» guruhi: qo‘shnilar nonimizni yarimta qilmaydimi?
Ikki qo‘shnimiz joy olgan «F» guruhida Yaponiya milliy jamoasi muddatidan avval birinchi bo‘lib hal qiluvchi 3-saralash bosqichiga yo‘llanma olgan. Usmon Toshev murabbiyligidagi jamoa so‘nggi turda Myanmani mag‘lub etsa va Qirg‘iziston Yaponiyani mag‘lub eta olmasa, 2-o‘ringa ko‘tariladi. 5-o‘rindagi Myanma bilan o‘yinlardagi bir mag‘lubiyat va bir g‘alabasi bekor qilinsa-da, 10 ochko bilan 3-saralash bosqichiga yo‘llanma olishi imkoniyatiga ega bo‘ladi.
«G» guruhi: BAAga qiyin bo‘ladi
Ushbu guruhda ham so‘nggi turdagi Vetnam va BAA o‘rtasidagi uchrashuv guruh g‘olibini aniqlab beradi. Vetnamliklarga durang ham kifoya, BAA esa vaziyatni og‘irlashtirmaslik uchun faqat g‘alaba qozonishi kerak. Durang qayd etilgan taqdirda hozirda eng yaxshi natijaga ega 2-o‘rindagi jamoalar orasida 5-o‘rinda bo‘lgan amirliklar uchun Eron Iroqni mag‘lub etmasligi, Iordaniya esa Avstraliyani yuta olmasligi lozim.
«H» guruhi: Livanning ko‘zi «yo‘l»da
So‘nggi guruh bo‘lmish «H» guruhida Shimoliy Koreya milliy jamoasining turnirdagi ishtirokini to‘xtatishi qolgan barcha guruhlardagi vaziyatga ta’sir etdi. Xullas, KXDR doimgiday hammamizni «matematik»ka aylanirib tashladi. FIFA barcha guruhlardagi so‘nggi 5-o‘rinni egallagan jamoalar bilan natijalar bekor qilinishi haqida qaror qilgandi. Ular «six ham, kabob ham kuymasin» shioriga amal qildi.
Hammasi o‘z qo‘limizda. Agar g‘alaba qozonsak, keyingi bosqichga muammosiz chiqamiz. Boshqalarning natijasi o‘zlariga buyursin.
Aks holda… Bu haqda gapirgimiz ham kelmaydi. Olg‘a, O‘zbekiston.
Sanjar Mashriqiy
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi