date

Karreger Angliyani favoritlar qatorida koʻrmadi

Karreger Angliyani favoritlar qatorida koʻrmadi
Oʻtmishda taniqli futbolchi boʻlgan Jeymi Karreger Angliya terma jamoasini 2026-yilgi Jahon chempionatining asosiy favoritlari qatoriga kiritmadi. "Uch sher" dunyo chempionati uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritgan birinchi Yevropa terma jamoasi boʻldi.

"Eʼtiborni Argentinaga qaratish kerak, ular amaldagi chempionlar. Bu, ehtimol, Messining soʻnggi turniri boʻlishi mumkin.

Messining MLSga taʼsiri sababli ularga katta qoʻllab-quvvatlash koʻrsatiladi. Yevropa jamoalari haqida gapiradigan boʻlsak, eng yaxshi ikkita jamoa bu – Lamin Yamal bilan Ispaniya va Kilian Mbappe hamda Usman Dembele bilan Fransiya.

Aynan shu jamoalar asosiy favoritlar boʻlishi ehtimoli katta. Angliya va Portugaliya esa keyingi darajaga kiruvchi jamoalar", – dedi Karreger CBS Sports bilan suhbatda.

Kelasi yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karreger Angliyani favoritlar qatorida koʻrmadi