17:30 / 06.08.2021
1 935

Bekzod Abdurahmonov Tokio Olimpiadasi bronza medalini qo‘lga kiritdi


Erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov Tokio Olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Abdurahmonov bronza medali uchun bahsda qozog‘istonlik Daniyar Qaysanovni 13:2 hisobida muddatidan avval mag‘lub etdi.
-74 kg vazn toifasida harakat qiladigan Abdurahmonov bronza medali uchun o‘tish bahsida Gvineya-Bissau vakili Augusto Midanani taslim etgandi.

Abdurahmonov ishtirokidagi final bahsi videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Abdurahmonov musobaqadagi ishtirokini 1/8 finalda boshlagandi va unda Puerto-Riko vakili Franklin Gomesni 10:0 hisobida yengandi. Biroq 1/4 finalda Bekzod rossiyalik ikki karra jahon chempioni Zaur Sidakovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Sidakov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani sababli Abdurahmonovda bronza medali uchun kurashish imkoniyati saqlanib qolgandi.

Foto: Getty Images
Ma’lumot uchun, bu O‘zbekiston uchun Tokio Olimpiadasidagi 4-medal bo‘ldi. Bungacha Ulug‘bek Rashidov (taekvondo) va Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika) oltin, Davlat Bobonov (dzyudo) esa bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Bekzod Abdurahmonov 1990 yilning 15 martida Toshkentda tug‘ilgan. U faoliyati mobaynida 2 martadan Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan. 2018 yilgi Jahon chempionatida esa bronza medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Bekzod Rio—2016 Olimpiadasida ham ishtirok etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bekzod Abdurahmonov Tokio Olimpiadasi bronza medalini qo‘lga kiritdi