14:25 / 09.08.2021
2 973

"Roma" Eldordan so‘ng Sardorni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi


Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi hujumchisi Sardor Azmun “Roma”ning qizqishlar doirasiga kirib qoldi.
Corriere dello Sport tarqatgan xabarga qaraganda, rimliklar 26 yoshli eronlik futbolchini “Inter”ga o‘tishi kutilayotgan Edin Jeko o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

“Roma”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Azmunni “Tottenxem”da ishlab yurgan chog‘laridayoq o‘z jamoasida ko‘rishni xohlagan.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “bo‘rilar” shuningdek, Aleksandr Lyakazett («Arsenal»), Andrea Belotti («Torino») va Mauro Ikardi (PSJ) variantlarini ham ko‘rib chiqishmoqda.

“Roma” bundan bir necha kun oldin “Jenoa”dan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Roma" Eldordan so‘ng Sardorni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi