22:39 / 25.08.2021
1 756

Ro‘ziqul Berdiyev: Xavotirli bo‘lsa ham qiziqarli o‘yin ko‘rdik!

Ro‘ziqul Berdiyev: Xavotirli bo‘lsa ham qiziqarli o‘yin ko‘rdik!
OFK kubogi hududiy final bosqichidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Ahal" uchrashuvida mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va futbolchisi Marko Stanoyevich ishtirok etdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

O‘yin og‘ir bo‘lishiga o‘zimiz sababchi bo‘ldik, deb o‘ylayman. 2ta goldan keyin to‘xtab qoldik. Bunday holatda har qanday jamoa jaxolashga qodir. Natija qoniqarli bo‘lsa ham o‘yin kutilganidek bo‘lmadi. O‘yinoldi matbuot anjumanida o‘yin qiziqarli bo‘ladi, deb aytgandim. Guvohi bo‘ldingiz, xavotirli bo‘lsa ham, qiziqarli o‘yin ko‘rdik.

Penaltilarni odatda, Marko tepardi. Lekin o‘yin oldidan agar penalti belgilansa, uni Husayin tepishini tayinlagandim. Stanoyevich AGMKga 11 metrlik nuqtadan foydalana olmagandi. Norchayev ham ancha sovuqqon futbolchi. Shogirdlarim mashg‘ulot davomida penalti tepishni o‘zaro mashq qiladi va ko‘rdikki, bu foyda berdi.

OFK kubogidagi o‘yinlardan shuni angladimki, o‘zbek futbolining darajasi qo‘shnilarimiznikidan yuqorida ekan. Ko‘pchilik Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi hozir bizdan kuchli, deb hisoblagandi. Ammo bunday emas.

Marko Stanoyevich: Raqib bizga ikkinchi taymda bosim uyushtirib hisobni tenglashtirdi. O‘sha paytda biz o‘yinni tashlab yubordik. Oxiriga qadar kurashishimiz kerak edi. Keyinchalik shunday qilganimiz uchun ham g‘alaba qozona oldik, deb o‘ylayman.

Biz mashg‘ulotda penalti tepishni mashq qilamiz va oramizdagi eng yaxshi ijrochi aynan Ro‘ziqul Berdiyev hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: Xavotirli bo‘lsa ham qiziqarli o‘yin ko‘rdik!
[/banner_pushhouse