09:44 / 13.09.2021
2 124

«Roma» so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alaba qozondi, Eldor Shomurodovdan golli uzatma

«Roma» so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alaba qozondi, Eldor Shomurodovdan golli uzatma
Italiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 12 sentabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Roma» o‘z maydonida «Sassuolo»ni qabul qildi. Uchrashuvning 37-daqiqasida Brayan Kristante «Roma»ning dastlabki golini urdi. 57-daqiqada Filip Jurichich hisobni tenglashtirdi.

Eldor Shomurodov 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Shomurodovning uzatmasidan keyin Stefan ash-Shaaravi rimliklarning g‘alaba to‘pini kiritdi.

«Roma» — «Sassuolo» 2:1
Gollar:
1:0 – 37 Kristante, 1:1 – 57 Jurichich, 2:1 – 90+1 ash-Shaaravi.

«Roma»: Ruy Patrisiu, Karsdorp (Reynolds, 89), Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan (ash-Shaaravi, 70), Veretu (Karles Peres, 74), Kristante, Pellegrini, Zaniolo (Shomurodov, 74), Abraham.

«Sassuolo»: Konsilyi, Tolyan, Kirikesh, Ferrari, Rojerio, Jurichich (Traore, 84), Lopes, Boga (Kiryakopulos, 89), Frattezi (Ayxan, 84), Berardi (Defrel, 77), Raspadori (Skamakka, 46).

Ogohlantirishlar: Kirikesh (36), Rojer (43), Kristante (66).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Roma» so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alaba qozondi, Eldor Shomurodovdan golli uzatma